LARINGOSKOPIYA

LARINGOSKOPIYA (laringo… va …skopil) — maxsus asbob — laringoskop yordamida hiqildoqni ogʻiz boʻshligʻi orqali tekshirish usuli. Laringoskopiya bevosita va bilvosita qilinadi. Bilvosita Laringoskopiya metall tayoqchaga mahkamlab qoʻyiladigan, gardishi ham metalldan boʻlgan yumaloq hiqildoq koʻzgusi (diametri 15—30 mm) orqali amalga oshiriladi. Laringoskopiyani vrach bajaradi, bunda yorugʻlik nuri shifokor peshonasiga taqib olgan reflektorga tushib, ogʻizga kiritilgan koʻzguga qaytadi, ana shunda hiqildoqdagi bor illat roʻyirost koʻrinadi. Bevosita Laringoskopiyada koʻpincha jarrohlik operatsiyalaridan oldin maxsus asbob — laringoskop bilan hiqildoq va traxeyaning yuqori qismi koʻzdan kechiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x