LAPAR

LAPAR — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud:

1) toʻy marosimi, xalq sayili, hashar kabi yiginlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf boʻlib dialog shaklida ijro etiladigan L. Bunda davradagi qizlar navbatmanavbat xohlaganiga «Lapar soladi», bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastroʻmol, belbogʻ kabi sovgʻalar beriladi. Laparni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim L. larning kuylari, koʻpincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda boʻladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzu-umidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qoʻshilib ketadi. Toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlgan Laparning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Jan. Qozogʻiston oʻzbeklari orasida keng tarqalgan;

2) oʻyin L. i. Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida «labidan», «labi uchidan» aytiladigan, yengil xarakterdagi qoʻshiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, oʻynoqi, jozibali boʻladi. Yakka qoʻshiqchi tomonidan cholgʻu joʻrligida ham raqs b-n aytiladi. Xalq orasida «Qora soch», «Oyijon», «Qilpillama», «Bilak uzuk», «Nahoru nashta» kabi Laparlar ommalashib ketgan. Lapar ijrochilaridan Tamaraxonim, G. Otaboyeva va b. mashxur. Xalq Lapar lari oʻzbek kompozi-torlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokal-simfonik, estrada musika asarlaridan keng oʻrin olgan. Lapar, baʼzan, keng maʼnoda, umuman qoʻshiq tushunchasini ham ifodalaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x