LANGUSTLAR

LANGUSTLAR (Palinura) — oʻnoyokli qisqichbaqasimonlar turkumining bir urugʻi. Uz. 60 sm ga yaqin, Moʻylov (antenna)lari uzun, yurish oyoklari, odatda, qisqichsiz. Tanasi va antennalari tikanlar bilan qoplangan. Qorni uzun, qorinoyoqlari kalta, kuchsiz. 100 ga yaqin turi tropik va subtropik dengizlarda, faqat oddiy Langustlar (Palinura elephas) Yevropa dengizlarida tarqalgan. Antennasining 1-boʻgʻinini koʻkrak qalqoniga ishqab baland tovush chiqaradi. Langustlar tovushi baliqlarni choʻchitib, ularni oʻljani tashlab qochishga majbur qiladi. Bu oʻlja L. ga qoladi. Langustlar bilan osminoglar oziqlanadi. Langustlar ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x