LANDSHAFT GEOKIMYOSI

LANDSHAFT GEOKIMYOSI — 20-a. ning 40-y. larida tabiiy geografiya va geokimyo fanlari tutashgan chegarada vujudga kelgan ilmiy yoʻnalish. Kimyoviy elementlarning geografik landshaftlardagi migratsiyasi (qayta taqsimlanishi) ni geokimyo va biogeokimyo usullari bilan oʻrganadi. Landshaft geokimyosiga B. B. Polinov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, V. V. Dokuchayevlar asos solgan. B. B. Polinov birinchi boʻlib Landshaft geokimyosi vazifasini aniqlab berdi, uni oʻrganish metodlarini ishlab chikdi.

Geokimyo nuqtayi nazaridan landshaftlar yer yuzasining ayrim qismi boʻlib, ularda quyosh energiyasi taʼsirida atmosfera, gidrosfera va litosferadagi kimyoviy elementlarning migratsiyasi amalga oshadi.

Landshaft geokimyosi atmosfera-oʻsimlik, oʻsimliktuproq, tuproq-suv, suv va jinslar, yaʼni landshaftlarning migratsiyasini tadqiq qiladi. Landshaft geokimyosi maxsus landshaftlar geokimyosi xaritalarida oʻz aksini topadi. Bunday xaritalarda ruda konlari uchrashi mumkin. Mac, oʻsimlik, tuproq, suv va togʻ jinslarining tarkibini geokimyoviy oʻrganish natijasida Armaniston, Jan. Ural, Buryatiya va b. joylarda yangi konlar topildi. Oʻzbekiston hududida Landshaft geokimyosini oʻrganish 1955—58 y. lardan boshlandi. Bunda aso-siy yoʻnalish choʻl r-nlari oʻsimliklaridagi mikroelementlardan va bio-geokimyoviy usullardan ruda konlari qidirishda foydalanishga qaratilgan edi. Landshaftlar turining har birida kimyoviy elementlarning holati ularda mavjud boʻlgan tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston hudu-di fizik-geografik va geologik xususiyatlarga koʻra, 2 yirik landshafttekislik (choʻl) va togʻli r-nlarga boʻlinadi.

I. H. Hamroboyev rahbarligida Qizilqum, Nurota va Qurama togʻlaridagi yer yuzasiga chiqmagan nodir va rangli metallarning oʻsha xutsuddagi oʻsimlik, tuproq va suv tarkibi bilan bogʻliqligi oʻrganildi. Muayyan konlardan darak beruvchi indikator oʻsimlik turlari aniqlanib, geokimyoviy maydonlar belgilanadi. Qurama togʻlarning ku-mush, qoʻrgʻoshin, rux konlaridagi oʻsimlik va suvda marganes, titan elementlarini yigʻuvchi bakteriyalarning ayrim turlari mavjudligi, oltin konlarida esa faqat titanni yigʻuvchi bakteriyalar borligi aniqlandi. Ruda konlarini qidirib topishda, atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish, sogʻliqni saqlash, q. x. va b. sohalardagi Landshaft geokimyosining yangi usullaridan foydalanish juda muhimdir.

Ad.: Predelman A. I., Geoximiya landshafta, M., 1975.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x