LAGRANJ

LAGRANJ (Lagrange) Jozef Lui (1736.25.1, Turin – 1813.10.4, Parij) — fransuz matematigi va mexanigi, Berlin FA aʼzosi (1759) va prezidenta (1766— 87), Parij FAning aʼzosi (1772). Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1776). Mat. ni mustaqil oʻrgangan. Turin artilleriya maktabini tugatgan va 19 yoshida shu maktabda prof. boʻlgan. 1787-y. dan Parijda yashagan. Parij oliy oʻquv yurtlarida prof. (1795). L. Eylernshlari asosida Lagranj variatsion hisobning asosiy tushunchalarini ishlab chikdi va variatsiyalar usulini yaratdi. Uning «Analitik mexanika» asari (1788) analitik va nazariy mexanika taraqqiyotida muhim oʻrin tutdi. Bunda mumkin boʻlgan siljish prinsipining analitik ifodasini berdi va shunga asosan statikaning asosiy masalalarini yechdi. Dinamikada oʻzining asosiy prinsiplari (q. DʻAlamber Lagranj prinsipi)dan foydalanib. istagan sistemaning harakat tenglamasini yechdi; umumlashgan koordinatalirni kiritdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x