LA-PAS

LA-PAS — Boliviyadagi shahar, mam-lakatning amaldagi poytaxti. LaPas departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy And togʻlarida, 3700 m ba-landlikda, La-Pas daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 758,1 ming kishi (1998). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroporti bor. Boliviyaning asosiy iqtisodiy, madaniy, ilmiy va savdo-moliya markazi (mamlakat ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 3/4 kismi). Toʻqimachilik, oziq-ovqat, charmpoyabzal, mebel, sement va b. sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan (kumush, oltin, keramikadan turli buyumlar tayyorlanadi). Boliviya hukumati va prezidenti qarorgohi. Un-t, FA, Milliy muzey, teatrlar, rasadxona, geofizika in-ti, kutubxona bor. 18-a. ga oid saroy va qasrlar saqlangan. Shaxarga 1548-y. ispanlar tomonidan asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x