KYURI

KYURI — VEYS QONUNI – baʼzi paramagnit moddalar solishtirma magnit singdiruvchanligi x ning t-ra T ga bogʻlikligini ifodalovchi qonun: %=S/T, bunda S — modda doimiysi (Kyuri doimiysi). Bu qonunni 1895-y. da P. Kyuri kashf qilgan. Nodir metallar, tuzlar, eritmalar va baʼzi gazlar (mas, kislorod) da oʻtkazilgan tajribalar Kyuri qonunining toʻgʻriligini tasdiqlaydi. Lekin koʻpgina moddalar-magnit singdiruvchanligi x ning t-ra T ga bogʻlikligi %= S7(T-9) formula bilan ifodalanadi, bunda S—modda doimiysi, 6 — Kyuri nuqshasi yoki Neyel nuqtasi. Kyuri qonuniga oʻxshash bu qonunni 1907-y. da fransuz fizigi P. Veys (P. Weiss, 1864— 1940) kashf qilgan. Kyuri — V. q. magnit momentlarining tashuvchilari oʻzaro taʼsir qiluvchi moddalar uchun Kyuri qonunining umumiy holidir. Koʻpgina holdarda S» doimiysi Kyuri qonunidagi S doimiysiga mos toʻshadi. Tajriba natijalari, odatda, 1/x ning t-ra T ga bogʻliqligini ifodalovchi grafigi asosida hisoblanadi. Bunda toʻgʻri chiziq (a yoki ) ning ogʻishi Sʻni, uning T oʻqi bilan kesishgan nuqtasi ye ni belgilaydi (S manfiy yoki musbat boʻlishi mumkin).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x