KYOGA, Kioga — Afrikadagi koʻl, Ugandada. 1029 m balandlikda joylashgan. Mayd. 2,6 ming km2, chuq. 3—5 m, oʻz. 120 km. Qirgʻoqlari kuchli parchalangan. Kyoga Viktoriya koʻlini ham oʻz ichiga olgan juda katta suv havzasining qoldigʻi. Koʻl qamish va papirus bilan qoplangan. Kyoga orqali Viktoriya-Nil daryosi oqib oʻtadi. Baliq ovlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые