KVAZISTATSIONAR JARAYON

KVAZISTATSIONAR JARAYON (lot. quasi — deyarli va stationarius — doimiy, oʻzgarmas) — muayyan chegaralangan sistemada juda katta tezlikda tarqalayotgan jarayon; bunda jarayon tarqalayotgan vaqt ichida sistema holati oʻzgarmay qoladi. Kvazistatsionar jarayon juda tez tarqalganidan tarqalish vaqti hisobga olinmaydi. Mac, berk elektr zanjirining biror qismida oʻzgaruvchan tashqi e. yu. k. taʼsir qilganida oʻsha joyda kuchlanish va tok uncha oʻzgarmay qoladi, bunday holdagi tok kvazistatsionar tok deyiladi. Kvazistatsionar jarayonda sistemaning barcha qismi holatlarining oʻzgarishi bir xil vaqt qonuniga boʻysunadi. Kvazistatsionar jarayon tushunchasini mexanik, termodinamik va b. sistemalarga joriy qilish mumkin, mas, poʻlat sim t-rasi tashqi muhit taʼsiri tufayli sim boʻylab tez tarqaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x