KVAZIMODO

KVAZIMODO (Quasimodo) — Salvatore (1901.20.8, Sirakuzi — 1968.14.6, Neapol) — italyan shoiri. Ijodi 20-y. lar oxirida boshlangan. 30-y. larda yolgʻizlik va hayotdan zerikishlik (germetizm) ruhida asarlar («Suv va Yer», 1930; «Gʻarq boʻlgan goboy», 1932; «Erato va Apollion», 1936; «Sheʼrlar», 1938) yaratgan. Fashizmga qarshi kurash yillarida oʻz sheʼriyatida mavjud ijtimoiy hayotga murojaat etgan («Kunma-kun», 1947). «Hayot—tush emas», (1949), «Soxta va tabiiy maysa» (1954), «Tengsiz zamin» (1958) va b. asarlari vatanparvarlik, fuqarolik mavzularida. Nobel mukofoti laureati (1959).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x