KVARTET

KVARTET (lot. guartus — toʻrtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) boʻlishi mumkin. Kamer-cholgʻu ansambllar ichida torli sozlar Kvarteti (2 ta skripka, alt va violonchel) keng tarqalgan. Estrada sanʼatida ham Kvartet ansambllari keng oʻrin olgan: «Bitlz» (Angliya), «ABBA» (Shvetsiya), «Orera» (Gruziya), «Sideriz» (Oʻzbekiston) va b. ;

2) 4 sozanda, baʼzan 4 xonanda uchun yozilgan kamer musiqa asari. Oʻzbekiston kompozitorlaridan B. Giyenko (9 ta, 1945—95), Ik. Akbarov (6 ta, 1963—88), shuningdek, D. Soatqulov, Sayfi Jalil, E. Solihov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b. ning Kvartet lari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x