KVARS

KVARS (nem. Quarz) — silikatlar sinfiga mansub eng koʻp tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formulasi SiO2. K. ning kristalli 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal Kvars (yoki a-K.) 870—573° t-pa oraligʻida turgʻun va trigonal Kvars (R-K.) 573° dan pastda turgʻun. r-K. tabiatda eng koʻp tarqalgan. Qoʻshaloklari koʻp, kristall donacha, agregat va zich massalar holida uchraydi. Kvarsning kristallari, donalari, agregatlarining rangi har xil: shaffof — togʻ billuri, binafshaametist (safsar), kulrang — rauxtopaz, qora — morion, tillarang — sitrin vab. Rangining xar xil boʻlishi strukturaviy defektiga bogʻliq. Murakkab ranglilari ham uchraydi, ularga boshqa minerallarning mayda zarralari qoʻshilgan boʻladi. Kvarsning yashirin kristall xillari agat va xalsedon nihoyatda ingichka tolasimon tuzilmalardan iborat. Kvars optik jihatdan bir oʻkli, musbat. Ultrabinafsha va qisman infraqizil nurlarni oʻtkazadi. Sunʼiy Kvarsni SiO2 ning suvli eritmasidan yuqori bosim va t-rada olinadi. Kvars turli togʻ jinslarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kvars pyezoelektrik xossaga ega. Qattikligi 7. Zichligi 2,65 g/ sm3. Erish t-rasi 1710°, soviganda kvars oynasi deb ataluvchi jismga aylanadi. Monokristallari kam uchraydi va juda yuqori baholanadi. Kvars Oʻrta Osiyo (Pomirda), RF (Uralda), Ukraina (Volinda), Braziliya va Madagaskarda uchraydi. Kvars qumi va uning metamorflashgan turlari — kvarsitlar keramika va shisha sanoatida, monokristallari (pyezokvars) optika va radiotexnikada, shaffof va chiroyli ranglilari yarim qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x