KVARS LAMPASI

KVARS LAMPASIelektr yordamida ultrabinafsha nurlar hosil qiladigan yorugʻlik manbai. Kvars lampasining balloni kvars shishasi (suyultirilgan kvars) dan yasaladi. Ballon trubkasining oxiriga kontaktlar oʻrnatilib, ballonga simob bugʻlari va inert gazargon toʻldiriladi. Argondan elektr razryadi oʻtganda simob bugʻlari ultrabinafsha nurlar chiqaradi. Bu nurlar baʼzi kasalliklar (mas, raxit) ni davolashda, inkubatorlarda, oʻsimliklar oʻstirishda, shuningdek, operatsiya zallaridagi havoni tozalashda, suv va sutni zararsizlantirishda xamda lyuminessent analizda ishlatiladi. Past, yuqori, oʻta yuqori bosimli Kvars lampasi boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x