KVANTUN ARMIYASI

KVANTUN ARMIYASIYaponiya va Manjuriyaning 1919—45 y. lardagi birlashgan qurolli kuchlari. Kvantun (Guandun) viloyati hududiga joylashtirilgan yapon qoʻshinlari negizida tuzilgan. Kvantun armiyasi son jihatdan ham (1 mln. ga yaqin), qurollar jihatdan ham asta-sekinlik bilan oʻsib, kengayib borgan. 1945-y. da uning tarkibida 1-front (3 va 5-armiyalar), 3—front (30 va 44-armiyalar), 17-front (34 va 59-armiyalar), alohida (4 armiya) armiya, 2 ta harbiy havo (2 va 5-armiyalar) armiyasi va Sungari harbiy flotiliyasi boʻlgan. Xitoyga qarshi tajovuzkorona hujumlar qilib Manjuriyani bosib oladi (1932), Manjou-Yao qoʻgʻirchoq davlatini tuzadi (1932-y. 9 mart). 1938 — 39 y. lar sobiq SSSR, Mongoliya Xalq Respublikasi hududiga bosqinchilik yurishlari qilgan. Kvantun armiyasi (bosh qoʻmondon general O. Yamada) 1945-y. sobiq shoʻro Qurolli kuchlari hamda Moʻgʻuliston harbiy qoʻshinlari tomonidan tor-mor qilingan (q. Manjuriya operatsiyasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x