KUYBISHEV Valerian Vladimirovich (1885.25.5, Omsk – 1935.25.1, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrvatgan sovet siyosatchilaridan biri. 1919-y. okt. dan Butun Rossiya MIK va XKSning Turkiston Komis-siyasi (q. Turkkomissiya) raisining oʻrinbosari va raisi sifatida Turkistonda bolsheviklar hukmronligini qaror toptirishda gʻoyaviy-siyosiy rah-barlik qildi. 1920—21 y. larda M. V. Frunzenit yaqin yordamchisi boʻlib, Turkiston fronti siyosiy boshkarma-sining boshligʻi, RSFSR va (RKPb) MKning BXSRdagi muxtor vakili. Keyingi yillarda ittifoq partiya, kasaba uyushmasi, sovet va xoʻjalik ishlarida ishladi. Butunittifoq (KPb) MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1927-y. dan). Kuybishev Buxoro Xalq, Respubli-kasini Buxoro Xalq Sovet Respubli-kasiga aylantirish tashabbuskori (1920-y. 6 okt.). 1934-y. noyab. da Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston SSRda boʻlib, faqat Oʻzbekistonning oʻzida koʻplab okrug va tumanlarning rahbarlari, shuningdek, 30 ta tumandagi yuzdan ortiq k-z raislari hamda oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini qatagʻon qildirdi.
Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davri-da], T., 2000.