KUVEZ

KUVEZ (frans. couveuse — inkubator) — maʼlum haroratli, havosi namlangan va kislorodga boy moslama (apparat); chala va nimjon tugʻilgan chaqaloqlarning tana haroratini bir maromda saqlash uchun qoʻllanadi. Kuvezning ochiq (felka-karavot) va yopiq (tibbiy inkubator) xillari bor. Kadimda chala tugʻilgan chaqalokdarni issiq jun mato yoki paxta va shunga oʻxshashlarga oʻrabchirmab telpakka solib parvarishlashgan. 19-a. ning 2 – yarmidan boshlab Rossiya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya va b. mamlakatlarda ancha takomillashtirilgan Kuvez ishlab chiqarila boshlandi. Ulardan keng tarqalgani Kredes vannochkasi boʻlib, uning devorlari ikki qanat metalldan yasalgan, tubida sovuq suv chiqib ketadigan yoʻli boʻlgan. Devorlari orasiga vaqt-vaqti bilan voronka orqali issiq suv quyib turilgan. Uning anchagiva kamchiliklari ham boʻlgan. 1878-y. da Parijda yogʻochdan yasalgan Kuvezlar rasm boʻldi. Keyinchalik elektr K. lar ishlab chiqarila boshlandi. Boʻlar metalldan yasalgan boʻlib, devorlari orasida Kuvez ichidagi haroratni bir xil ushlab turadigan moslamalar mavjud, ular yordamida tashqaridan turib ichkaridagi chaqaloqlarga mos va xos iqlimni yaratish mumkin boʻladi. Bu K. larning yuqori qismi ochiq boʻlgani bois, chaqaloqlar choyshabga oʻralib toʻgʻridan-toʻgʻri Kuvez ichiga yotqiziladi, soʻngra hamshira kerakli muolajani bemalol bajaraverishi va hatto uni choʻmiltirishi ham mumkin. OʻzRning tugʻ-ruq komplekslari va shifoxonalarning bolalar boʻlimlarida chala tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimi mavjud, ular barcha qulayliklari bor Kuvez larda parvarish qilinadi. Xususan, hozir mamlakat tugʻruqxonalarida Yaponiyaning «Xitachi» firmasidan grant asosida olingan Kuvez lardan foydalanilmokda. Bu K. lar hoz. zamon talabiga javob beradigan barcha moslamalar (moʻtadil harorat, namlik, kislorod, chaqaloq vaznini oʻlchash tarozlari, kvars lampalari va h. k.) bilan jihozlangan. Moslamalar orqali shifokor qoʻllari bilan Kuvezning old devoridagi eshikchalardan bolani tekshirishi, muolajalar qilishi va vaqt-vaqti b-n ketliklarini yangilashi, tarozida tortib ogʻirligini nazorat qilib turishi mumkin. Kuvez de-vorlari oyvasimon plastmassadan yasalgan, bu bola holatini koʻzatib turish imkonini beradi. Kuvez ichida chaqaloq yalangʻoch holatda maxsus karavotchada yotadi. Kuvezni steril tarzda ushlab turish mumkin, buning uchun uning devorlari yuviladi, ichi esa kvars lampasi orqali mikroblardan tozalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x