KUTUBXONALARARO ABONEMENT

KUTUBXONALARARO ABONEMENT — kutubxonada kitobxonga xizmat koʻrsatish usullaridan biri; kitobxonlarning adabiyotga boʻlgan talabini maqsadga muvofiq turli kutubxonalar fondlaridan oʻzaro foydalanish asosida krndirishga asoslangan. Eng yirik kutubxona ham oʻz fondidagi adabiyotlar bilan kitobxonlar talabini toʻliq bajarish imkoniyatiga ega emas. Ilmiy xodimlar va mutaxassislarning tobora murakkablashib borayotgan talablarini toʻla qondirishda Kutubxonalararo abonement muhim oʻrin tutadi. Kutubxonalararo abonement kitobxonga u qayerda yashashidan qatʼi nazar turar joyiga yaqin kutubxona orqali respublika kutubxonalari fondlaridan foydalanish imkonini beradi. Kutubxonalararo abonement tizimi mintaqaviy tarmoqlar uslubida qurilgan, uning asosiy boʻlinmalari mintaqalardagi markazlardir. Ish maʼmuriy va fan tarmoqdariga asoslangan holda tashkil etilgan. Respublikada Kutubxonalararo abonement markazi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasidir. Adabiyotlarga buyurtmalar maxsus talab varaqasiga toʻldiriladi. Respublika kutubxonalarida boʻlmagan adabiyotlar Xalqaro abonement orqali chet mamlakatlar kutubxonalaridan olinadi.

Tohir Shokirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x