Kutubxonalar. Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi


Post Views:
593

Kutubxona 1951 yilda shahar ko‘zi ojizlar kutubxonasi sifatida tashkil etilgan.

1966 yilda kutubxona Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasiga aylantirilgan. Kutubxona shu davrdan boshlab ko‘rish qobiliyati cheklangan fuqarolarga kutubxona xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha metodik va muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi.

Kutubxona ko‘zi ojiz kitobxonlarning oila a’zolariga, ko‘zi ojizlar jamiyati tizimidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda xizmat qiluvchilarga, ko‘z kasalliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlar, ko‘zi ojiz bolalar, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga xizmat ko‘rsatadi.

Kutubxona fondi Lui Brayl alifbosidagi nashrlar, magnit tasmalariga yozilgan «gapiruvchi» o‘ram va kassetalar, gramplastinkalar, bo‘rtma harfdagi kitoblar va vaqtli nashrlardan iborat.

2001 yildan Respublika radio uyining«Radio-REKORDS» studiyasi tomonidan ko‘zi ojiz kitobxonlar uchun «gapiruvchi» kitoblar chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Kutubxonaning umumiy fondi 148 ming nusxadan ortiq bo‘lib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi 66 ta ko‘zi ojizlar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-respublika-markaziy-ko-zi-ojizlar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x