Kutubxonalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar kutubxonasi


Post Views:
95

Respublika bolalar kutubxonasi 1962 yilda shahar bolalar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Lekin kutubxona tarmoqlari soni 19 taga yetmaganligi tufayli Respublika bolalar kutubxonasi nomiga ega bo‘lmagan. Dastlab kutubxona fondi 2 ming nusxadan iborat bo‘lgan.

1965 yilda kutubxona tarmoqlari soni ko‘paygandan keyin kutubxonaga Respublika bolalar kutubxonasi maqomi berilgan. O‘sha davrda kutubxona fondi 33234 nusxa adabiyotlardan iborat bo‘lgan. Kitobxonlar soni esa 1445 tani tashkil etgan. Kutubxona xodimlari 9 kishidan iborat bo‘lgan. Rahbarlik vazifasini Sodiq Kuybagarov olib borgan.

Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlaridan X. Amirova, T. Kaliyev, X. Seitbayevalar uzoq yillar davomida kitobxonlarga beminnat xizmat ko‘rsatganlar.

Hozirgi kunda kutubxona Kitob saqlash, Adabiyotlarga ishlov berish va fondni to‘ldirish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Metodika-bibliografiya bo‘limlaridan iborat.

Bugungi kunda kutubxona fondi 119049 nusxadagi adabiyotlarni tashkil etadi.

Kutubxona Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 45 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI Metodik ma’lumotnoma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-qoraqalpog-iston-respublikasi-respublika-bolalar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x