Kutubxonalar. Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi


Post Views:
154

Navoiy viloyat hokimligining K-328 sonli «Viloyat bolalar kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2001 yil dekabr oyida tashkil etilgan.

Dastlab kutubxona fondi 14640 nusxadagi adabiyotlardan iborat bo‘lgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Ma’muriy va xo‘jalik bo‘limlari mavjud.

Kutubxonada rasm chizish, bichish-tikish, matematika to‘garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, kitobxon bolalarni kutubxonaga yanada ko‘proq jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida «Yilning eng yaxshi kitoblari» nomli ko‘rgazma, «Biz–bilimdon bo‘lamiz» o‘yin mashg‘ulotlari, «Kitobim–oftobim mening» viktorinalar, «Kutubxona– ziyo maskani» nomida ekskursiyalar va boshqa tadbirlar uyushtirilib turiladi.

Viloyat miqyosida esa har yili bolalarning bahorgi ta’til kunlarida «Bolalar kitoblari» kuni o‘tkaziladi.

Kutubxonaning hozirgi kundagi fondi 339952 nusxadagi adabiyotlardan iborat.

Kutubxona viloyatdagi 13 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 706810, Karmana shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 2-uy

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-navoiy-viloyat-bolalar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x