KUROSIO

KUROSIO (yaponcha kuro — qora, sio — oqim) , Kuro-Sivo, Yaponiya oqim i — Tinch okeandagi iliq oqim. Yaponiyaning jan. va sharqiy qirgʻoqlari boʻylab oqadi. Sharqiy Xitoy dengizining shim. qismi bilan okeanning unga tutash qismidagi suv sathining har xilligi natijasida vujudga keladi. Kurosioning Ryukyu o. larining shim. boʻgʻozlaridan chiqqan joyidan 36° sh. k. va 150° shq. u. gacha boʻlgan qismi uning asosiy qismi hisoblanadi. Oqimning ayrim tarmoqlari 40° sh. k. gacha borib, sovuq Kuril oqimi bilan qoʻshiladi. Xonsyu o. ning jan. da Kurosioning eni 170 km, chuq. 700 m gacha. Avgustda t-rasi 25—28°, fev. da 12—18°. Tezligi jan. da soatiga 6 km, shim. da 1—2 km. Oqim Tinch okean shim. qismining iqlimini yumshatib, gidrologik sharoitiga taʼsir etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x