KURDISTON

KURDISTON — Gʻarbiy Osiyodagi togʻli oʻlka, tarixiy viloyat. K. ning aksar qismi Old Osiyo va Eron togʻliklarida joylashgan. Kurdistonning aniq, chegarasi boʻlmaganligidan bu nom faqat etnografik maʼnoda ishlatiladi. Aholisi, asosan, kurdlar; turk, arab, aysor va b. ham yashaydi. Aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan. Kurdistonda foydali qazilmalar, xususan, neft koʻp. Kurdiston haqidagi dastlabki maʼlumotlar 12-a. manbalarida uchraydi. Oʻrta ayerdarda Kurdistonda yarim mustaqil amirliklar mavjud edi. 1914-y. da K. Eron bilan Usmonli turk saltanati tarkibiga kiritildi. U ham barham topgach (1918), vujudga kelgan Turkiya, Iroq va Suriya davlatlari tarkibiga kiritildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x