KURD ADABIYOTI

KURD ADABIYOTI — kurd xalqining adabiyoti. Kurd adabiyotining qad. yozuv yodgorliklari — mil. 7-a. da nomaʼlum muallif tomonidan charmga yozilgan doston boʻlib, uning ayrim qismlari 1920-y. da Sulaymoniy (Iroq) dan topilgan. 11—17-a. larda sheʼriyatning yirik vakillari: Ali Xaririy (11-a.), Mella Axmad Jaziy (12-a.), Mella Bate (15-a.), Ahmad Xoniy (17-a.); 19—20-a. larda Salim, Xoji Qodir, Koyi, Noimiy, Kurdiy, Maxur, Shayx Rizo Talaboniy kabi shoirlar mashhur boʻlgan. 20-a. boshlarida eng yangi Kurd adabiyoti shakllandi. 20-a. ning 1-yarmida ijod qilgan Hamdiy, Liriy Merda hamda hoz. kurd sheʼriyati asoschilaridan biri F. Bekasa asarlarida, shuningdek, 20-a. ning 2-yarmida ijod etgan yirik shoirlar: A. Xojar (Eron), Sh. Jigarxun, Kadrijon (Suriya), B. Varimon, A. Goran, yozuvchilar — Sh. Fattoh, I. Ahmad, M. Barzinji (Iroq), Badirxon (Turkiya) va b. asarlarida kurd xalqining hayoti, ularning milliy mustaqillik va ozodlik uchun kurashi hamda ular yashaydigan mamlakatdagi hukumatlarning siyosatiga qarshi norozilik kayfiyati ifodalangan. 20-a. ning 30-y. lariga kelib, hoz. Kurd adabiyoti yanada rivoj topdi. 1931-y. da A. Shomilovning «Kurd choponi» avtobiografik qissasi, 2-jahon urushidan keyingi davrlarda A. Jindiy, A. Shomilov, A. Abdurahmon va b. ning roman va qissalari, J. Jasmiy, A. Avdol, H. Murod, O. Sharo, K. Chachan va b. ning sheʼriy toʻplamlari nashr etiddi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x