KUNGAY OLATOV

KUNGAY OLATOV — Tyanshanning shim. dagi tizma. Qozogʻiston b-n Qirgʻiziston chegarasida. Jan. da Issiqkoʻl bilan chegaradosh. Kungay Olatov gʻarbda Boʻoʻm darasidan sharkda Charin daryosi (Ilining chap irmogʻi) ning bosh qismiga qadar (200 km ga) choʻzilgan. Eng baland choʻqqisi — Choʻqtal togʻi, 4771 m. Granit, slanes va qumtoshlardan tarkib topgan. Shim. yon bagʻri jan. yon bagʻriga qaraganda tik va qisqa. Tizmaning daralari Tyanshan qora qaragʻayi bilan qoplangan. Shim. yon bagʻirlarida muzliklar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x