KUNGABOQAR MOYI

KUNGABOQAR MOYIkungaboqar magʻzidan olinadigan moy. K. m. och sariq tusli. Presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Zichligi 925—927 kg/m3 (20° da), yod soni 119—136, gidroksil soni 2—10,6. Qotish harorati —16—19°. K. m. tarkibidagi yogʻ kislotalari miqdori (%): stearin 1,6—4,6, palmittin 3,5— 6,4, miristin 0,1, olein — 24—40, linol 46—62, linolen 1 gacha. Yogʻ kislotalarining oʻrtacha mol. m. 275 — 286. Fosfatidlar, tokoferollar va mum miqdori moy olish va ishlov berish usuliga bogʻliq. Kungaboqar moyi xalq xoʻjaligi ahamiyatga ega boʻlgan eng muhim oʻsimlik moylaridan biri. Inson uchun foydali, yaxshi hazm boʻladigan oziq-ovqat mahsuloti. Asosan, ovqatga dogʻlanmasdan ishlatiladi, salatlarga solinadi, undan margarin va oziq-ovqat yogʻlari ishlab chiqariladi. Kunjara va shroti chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x