KULTEGIN BITIKTOSHI

KULTEGIN BITIKTOSHImarmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning oʻgʻli Kultegin sharafiga quyilgan (732-y. 14 avg.). Ulan Batordan 400 km jan. da, Qorabalgʻa-sun sh. ning xarobalaridan taxm. 40 km shim. dajoylashgan. Boʻyi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Kultegin bitiktoshining marmar taxta ustuni oʻrtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida, bal. 64 sm, kengligi 40 sm li lavha oʻrnatilgan. Lav-haning yuz tomoniga arxar surati tas-virlangan xoqonlik tamgʻasi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning oʻrvatilish tari-xi yozilgan. Kultegin bitiktoshi 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan 26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga, qarindosh-urugʻlariga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hokimiyatni mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan. Kultegin bitiktoshini Bilgaxoqon bitiktoshi bilan birga 1889-y. N. M. Yad-rinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin-Ur-xun daryosi boʻyidan topgan. Dastlab bitiktoshni hech kim oʻqiy olmagan. Uni Urxun yozuvini oʻrganib chiqqanidan soʻng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-y. oʻqishga muvaffaq boʻlgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.

Ad.: Mal o v S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., 1951; Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadim-gi turkiy til, T., 1982.

Kamol Matyoqubov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x