KULSUM

KULSUM, Ummu Kulsum, asli ismi Fotima Ibrohim (1906, Misrdagi AsSanbalavin tumani — 1975.3.2, Qohira) — xonanda, arab estrada xo-vandalik sanʼati asoschisi. 1918-y. dan atoqli xonanda Abul Aldan taʼlim olgan. Arab musiqa in-ti qoshidagi musiqa ansamblida (1926-y. dan) va Qohira radiosida (1937-y. dan) yakka-xon xonanda. 1936—46 y. larda musiqali filmlarda qatvashgan. Arab musi-qachilari uyushmasining asoschisi va raisi (1943—53). 1967-y. da uning ta-shabbusi bilan Misr ayollari xalq fronti tashqil etilgan. Kulsum 20-a. boshida xonanda ayollar ichida keng tarqalgan bach-kana, sayoz qoʻshiqlardan voz kechib, arab maqam va muvashshaxlarning mu-rakkab yoʻllarida ijod qilgan. Yoqim-li, shirador, nozik tembr va baquvvat ovozi, yuksak mahorati bilan aytgan qoʻshiqlarning dovrugʻi oldin Misr shaharlarida, keyinchalik butun arab olamiga keng tarqaldi. Shu bois u «Kavkab ush-Sharq» («Sharq yulduzi») no-miga sazovor boʻldi. Shayx Zakariya Ahmad, Riyod as-Sanbotiy, Sayyid Makkaviy, Muhammad Abdulvahob kabi bastakorlar bilan birgalikda Kulsum kashf etgan yangi xonandalik uslubida arab anʼanaviy musiqa yoʻnalishlari zamo-naviy tus olgan; uning repertuaridagi ishqiy-lirik, sufiy-falsafiy, va-tanparvarlik ruhidagi asarlar 20-a. Sharq estrada sanʼatining yorqin va-muvalariga aylangan.

Zokirjon Oripov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x