KULOBA

KULOBAskiflar sardorining mozorqoʻrgʻoni (mil. av. 4-a.). Kerch yaqinida ochilgan (1830). Tepalik tagida yunon andazasida qurilgan tosh daxma boʻlgan, u lekin skifcha udumda dafn qilingan. Mayyit yogʻoch tobutda, kiyimda, tilla bezaklar tikilgan bosh kiyimda, boʻynida — uchida otliq skiflar shakli yasalgan oltin taqinchoq, qoʻllarida — oltin bilagoʻzuk bilan koʻmilgan. Qurolaslaha mayyit yonida va maxsus yashirin joylarga qoʻyilgan. Fil suya-gi bilan bezatilgan boshqa sarqofada boy Kuloba: 1. Oltin koʻza. 2. Oltin koʻzadagi skiflar tasviri. 3. Oltindan ishlangan boʻyin taqinchoq uchidagi otliq skiflar shakli. ayol koʻmilgan. U mayyitga atab qurbonlik qilingan xotini yoki choʻrisi boʻlishi mumkin. Marosim liboslaridagi oltin bezaklar yunon zargarlarining ajoy-ib buyumlaridan hisoblanadi. Qabrdan skiflarning jangdan keyingi tasvirlari tushirilgan idish va dastasi xay-von tasvirlari vaqqoshligi uslubida bezatilgan skiflarning jez oyvasi ham topilgan. Tobutning jan. devorida erkak kishi koʻmilgan, u xoʻjayini oʻlimidan soʻng oʻldirilgan xizmatqori yoki quli boʻlishi mumkin. Qabrda vino solingan koʻza (amfora), goʻsht solingan jez qozonlar, jez va kumush idishlar ham koʻyilgan. Qoʻrgʻon Quyi Dneprboʻyidagi «podsho mozorqoʻrgʻonlari» (mil. av. 4 — 3-a. lar) ga yaqin turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x