KUFTON

KUFTON — oʻrta asrlarga oid mulk. Sheroboddaryo havzasi (Surxondaryo viloyati) da joylashgan. Tabariyning yozishicha, 705-y. Qutayba ibn Muslim Amudaryoni kechib oʻtganda uning xuzuriga Chagʻoniyon podshosi, soʻngra Kufton podshosi sovgʻa salom, pul bilan kelishgan. Kufton podshohi Qutaybani oʻz yurtiga taklif etgan. Soʻngra har ikki podshoh oʻz mulklarini ixtiyoriy suratda Qutaybaga topshirganlar. Arablar istilosidan soʻig Kufton mulki manbalarda uchramaydi. Biroq bu atama 15-a. gacha Termiz va Chagʻoniyon shim. dagi togʻlar nomi — Koʻhton shaklida saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x