KUBANGO

KUBANGO, Okanango — Afrikadagi daryo. Angola, Namibiya va Botsvana hududlaridan oqadi. Oʻz. 1600 km, havzasining mayd. 800 ming km2 atrofida. Angola hududidagi Biye yassitogʻligidan boshlanadi, yuqori qismida serostona. Kalaxari ichki oqim oblastida botqoqli delta hosil qilib tugaydi. Deltasining jan. tarmogʻi Ngami koʻliga, shim. vaqt-vaqti bilan Kvando daryosiga kuyiladi. Botletle tarmogʻi esa Makgadikgadi botigʻidagi botqoqliklarni suv bilan toʻyintiradi. Asosiy irmogʻi — Kvito (chapdan). Yozgi yomgʻirli mavsumlarda toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 255 m3/sek.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x