KUAUTEMOK

KUAUTEMOK (Cuauhtemoc) (1494/ 1502—1525) — asteklar bosh hukmdori (1520—21); ispan bosqinchilariga qarshi qurolli kurash rahbari. Meksika milliy qahramoni. Tenochtitlan (hoz. Mexiko) mudofaasi vaqtida yuksak harbiy salohiyat va shaxsiy jasorat koʻrsatgan. Kuautemok buyrugʻiga koʻra, shahar mudofaa inshootlari (xandaqlar, devorlar, koʻchabandlar, otliq qoʻshinga qarshi maxsus toʻsiqlar) bilan mustahkamlangan. Pistirmalardan unumli foydalangan. Tenochtitlan qulagach (1521), K. ispanlar tomonidan asir olinib, qattiq qiynoqlardan soʻng qatl qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x