KROSSINGOVER

KROSSINGOVER (ing. crossing — over — chalkashuv) — chalkashish, gomologik xromosomalarshng oʻxshash qismlari b-n oʻrin almashinishi natijasida xromatida iplarining uzilishi va yangi tartibda birikishi. Birinchi marta amerikalik biolog T. Morgan aniqlagan (1911). Olim gomologik juft xromosomalarda genlar doimo oʻrin almashinib turishini drozofila (meva pashshasi) da oʻtkazilgan tajribalarda isbotlagan. Krossingover har xil genlar allellajning yangi kombinatsiyalariga olib keladi. Krossingover populyatsiyalarla kombinativ oʻzgaruvchanlik paydo boʻlishiga olib kelishi tufayli tabiiy tanlanish uchun material beradi. Krossingover aksariyat holdarda hujayralarning meyoz, baʼzan mitoz boʻlinishida roʻy beradi. Krossingover DNK molekulasining har ikki, yoxud bitta ipida bir qancha genlar yoki genning bir qismiga ega boʻlgan xromosomalar katta qismlarining qayta kombinatsiyalanishiga olib keladi. Genlar orasidagi Krossingover chastotasi xromosomadagi genlararo masofani bildiradi. Krossingoverni oʻrganish natijasida xromosomalarning irsiy diskretligi isbotlandi; genlarning xromosomada toʻgʻri chiziq boʻylab joylashganligi va birikkan genlar guruhlari aniqlandi; xromosomalarning genetik xaritalari (har bir birikish guruhida genlarning nisbiy joylashish sxemasi)ni tuzish imkoniyatiga ega boʻlindi. Krossingover kombinativ oʻzgaruvchanlik miqdorini keskin oshirishi tufayli tabiiy tanlanish va seleksiya uchun dastlabki material beradi. Krossingover barcha hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar uchun xos. Krossingover xrdisasidan genetik tahlil orqali genetikaning qator muammolarini yechishda keng foydalaniladi.

Ad.: Gloʻshakova T. I., Razvitiye predstavleniy ob individualnosti xromosom, M., 1983.

Sharifjon Turabekov, Mirfozil Abzalov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x