KRIT QOʻZGʻOLONLARI

KRIT QOʻZGʻOLONLARI (186669, 1896—97) — Usmonli turk imperiyasiga qarshi Krit o. da kutarilgan qoʻzgʻolonlar; Gretsiya bilan qayta qushilish shiori ostida oʻtgan. 1866—69 y. lardagi qoʻzgʻolon davrida qoʻzgʻolonchilar Vaqtli hukumat tuzishgan, ularga yordamga Gretsiya va b. mamlakatlardan koʻngillilar kelgan, qurol-yarogʻ keltirilgan. Yevropa davlatlari konferensiyasi (1869-y. yanv.). Gretsiyani qoʻzgʻolonchilarga yordam berishni toʻxtatishga majbur qildi, vatijada qoʻzgʻolonchilar tez orada magʻlubiyatga uchrashgan. 1896—97 y. lardagi qoʻzgʻolon davrida Turkiya kritliklarga (ularga grek harbiy otryadlari kelib qoʻshilgan) qarshi «muqaddas urush» (jihod) eʼlon qilgan (1896-y. noyab.). Gretsiya 1897-y. Turkiya bilan boʻlgan urushda yengilgach, qoʻzgʻolon bostirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x