KRISTOBALIT

KRISTOBALIT (Meksikadagi San-Kristobal koni nomidan) — kvars guruhiga mansub mineral. Kremnezyom (gil)ning boʻsh turi. Kimyoviy formulasi SiO2. Qattiqligi 6—7, zichligi 2,2 g/sm3. Rangi oq, tussiz. Shishasimon yaltiroq. Kristallari kub shaklida. 1470° da qizdirilgan kvars Kristobalitga aylanadi. Ikki turi — a tetragonalli va r kubli Kristobalit farklanadi. Koʻmir konlarining yer ostida tabiiy oʻt olishida, shuningdek, domna pechlari maʼlum t-raga yetgan joylarida sunʼiy Kristobalit paydo boʻladi.

Oʻzbekistonda Kristobalit Angren koʻmir koni r-nida yer osti yongʻinlari natijasida kvarsli qumtoshning qayta hosil boʻlishi hisobiga vujudga kelgan tridimit bilan birgalikda 1959-y. da aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x