KRISTALLOFIZIKA

KRISTALLOFIZIKA, fizik kristallografiya — kristallografiya boʻlimi; kristallar va kristall agregatlarining fizik xossalarini, shuningdek, bu xossalarning tashqi taʼsirlar natijasida oʻzgarishini oʻrganadi. Bu xossalarga kristallar deformatsiyasi, mustahkamligi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, sirt energiyasi, adsorbsiyasi, spektroskopiyasi, lyuminessensiyasi va magnit, shuningdek, oʻta oʻtkazuvchanlik, ferromagnetizm, segnetoelektr, piroelektr, pyezooptik, pyezoelektr va b. xossalari kiradi. Kristallarning fizik xossalari har xil optik yoʻnalishlarda birdek boʻlmaydi. Ularni simmetrik yoʻnalishlarda ekvivalent xossalarga ega boʻlgan bir jinsli va anizotrop muhit deb qarash mumkin (q. Anizotropiya).

Kristallofizikada anizotrop muhitning xossalarini miqdoriy ifodalashda matematik apparattenzor analizdan va guruhlar nazariyasidan foydalaniladi. Mas, ikki vektor kattalik (muhitning qutblanishi R va elektr maydon kuchlanganligi Ye; tok zichligi j va elektr maydon kuchlanganligi Ј) yoki ikki psevdovektor kattalik (mas, magnit induksiyasi V va magnit maydon kuchlanganligi N)lar orasidagi oʻzaro bogʻliklikni tavsiflovchi anizotrop muhitning fizik xossalari (mas, dielektrik qabulchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnit kabul-chanligi, tenzorlari) ikkinchi tartib (rang) li qutb bilan aniqlanadi. Yuqori tartibli tenzorlar bilan anizotrop muhitning fizik xossalari, mas, pyezoelektr effekt, elektrostriksiya, magnitostriksiya, elastiklik va b. shunga oʻxshash xossalari aniqlanadi.

Kristall panjarasiaati har xil nuqsonlar (vakansiyalar, dislokatsiyalar, domenlar va h. k.) va ularni kristallarning fizik xossalari (plastikligi, mustahkamligi, elektr oʻtkazuvchanligi, mexanik aslligi va b.) ga taʼsiri urganiladi. Kristallardagi nuqsonlar ularning plastikligi, mustahkamligi, elektr qarshiligi va b. xossalariga taʼsir qiladi. Shuning uchun amalda ishlatiladigan maʼlum fizik xossali kristallarni topish Kristallofizikaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.

Kristallofizika asosida kristallooptika vujudga keldi. Kristallofizika yutuqlari tufayli qattiq jism fizikasi jadal rivojlana boshladi. U kristallokimyo bilan ham bevosita bogʻliq. Kristallofizikaning oʻsha paytdagi holatini nemis fizigi V. Fogt (1850—1919) bayon qilgan, uning statik va dinamik nazariyasini M. Born rivojlantirgan. F. Ioffe K. ga maʼlum hissa qoʻshgan.

Kristallarning atom tuzilishini, tarkibi va strukturalarini atom va ion oqimlari orqali oʻrganishga, ularning fizik xususiyatlarini oʻzgartira olish imkoniyatlarini yaratishga oʻzbek fizik olimlaridan N. Yu. Toʻrayev, prof. E. S. Parilis va b. ham katta qissa qoʻshdilar.

Ad.: Ioffe A. F., Fizika kristallov, M. — L., 1929; Vay Dj., Fizicheskiye svoystva kristallov i ix opisaniye pri pomoщi tenzorov i matris [per. s angl. ], M., 1967,Parilis E. S., Turayev N. Yu., Teoriya rasseyaniya ionov srednix energiy va poverxnosti monokristalla, T., 1970; Vasilyev D. M., Fizicheskaya kristallografiya, M., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x