KRIK

KRIK (Crick) Frensis Xarri Kompton (1916.8.6, Xortxempton) — ingliz fizigi, molekulyar biol. asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1959-y. dan). Kembrij un-ti prof. (1939-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalarning tuzilishini oʻrganishga oid. 1953-y. da J. Uotson bilan hamkorlikda qoʻsh spiral shaklidagi DNK modelini taqlif etgan (Uotson-Krik modeli). Shu model asosida hujayralarning boʻlinishida DNK molekulalaridan nusxa olish mexanizmini tushuntirib bergan (q. Replikatsiya). Genetik kod tamoyillarini birinchi boʻlib aniqlagan. Nuklein kislotalarning molekulyar tuzilishi va irsiy axborotni oʻtkazishdagi ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1962, J. Uotson va M. Uilkins bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x