KRIJOVNIK

KRIJOVNIK (Grossularia) – toshyorardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shim. Amerikada (46 xil turi) uchraydi. Koʻproq 3 turi: madaniy yoki ekma Krijovnik (G. reclinata) — Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkazda, shuningdek, Yevropa mamla-katlari, Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi; ti kapli Krijovnik (G.acicularis) Oʻrta Osiyo togʻlarida, Oltoyda, Sayan togʻlarida; bure i n K. (G.burejensis) Uzoq Sharqda uchraydi. Novdasi tikanli, boʻyi 1,5—2 m, popuk ildizli. Barglari 3—5 boʻlakchali. Gullari 2 jinsli, 1—3 tadan shingil boʻlib joylashgan. Mevasi soxta rezavor meva. Yumaloq yoki choʻziqroq, oq, sariq, qirmizi,qora, koʻp urugʻli; mevasi iyunning 2-yarmida yetiladi, oʻrtacha ogʻirligi 3,6—6 g. 1 tupi 2,5—4 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 7—18% qand, 30—60 mg% S, Vr R vitaminlari, karotin, pektin, temir, fosfor, kalsiy, 1—3% gacha organik kislotalar mavjud. Krijovnik mevasi yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, kompot, sharbat va h. k. lar tayyorlanadi. Krijovnik parhish qilish, yogʻochlangan va koʻk qalamchalaridan koʻpaytiriladi.

Oʻzbekistonda AQSHda chiqarilgan Qora Negus, Purman, Xauton, Rossiya navlaridan Rus Krijovnik navlari koʻproq tomorqa bogʻlarida yetishtiriladi.

Ad.: Abdullayev R., Yagudiva S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.

Rixsivoy Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x