KREZ

KREZ (Croesus) (mil. av.595 — 546) — Lidiyanutg soʻnggi shohi (560—546). Krez yunonlarning Efes, Milet va b. shaharlarini va Galis daryosigacha boʻlgan Kichik Osiyoning deyarli butun gʻarbiy qismini bosib olgani tufayli podshohlik hududi anchagina kengaygan. Krezning boyligi tillarda doston boʻlgan, u haqida koʻplab afsovalar yaratilgan. Krez ellinlar (yunonlar) ni juda kadrlagan, shu tufayli yunon ibodatxonalariga (Delfa, Efes) behisob sovgʻalar yuborib turish bilan Lidiyani yunon madaniyatiga qoʻshishga intilgan. Forslar podshosi Kir II bilan Pteriya yaqinida (Kappadokiya) boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragan, Lidiya poytaxti Sardi bosib olingan, Krez esa asir tushgan (546). Krez davlati Axomaniylar davlatiga qoʻshib olingan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra (Gerodot va b. koʻpgiva yunon tarixchilari), K. gulxanda yondirishga hukm qilingan, biroq Kir tomonidan afv etilgan; boshqa xabarlarga koʻra (qad. sharq mixxat manbalari), qatl etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x