KREOLLAR

KREOLLAR (ispancha criollo — barpo qilmoq) — 1) Lotin Amerikasiga dastlab koʻchib kelgan ispan va portugʻallarning avlodlari;

2) Braziliya va Lotin Amerikasi hamda Vest-Indiyadagi ingliz, golland, fransuz mustamlakalarida — afrikalik qullar avlodlari;

3) Syerra-Leone va Liberiyada — ozod qilingan afrikalik qullar avlodlari;

4) Afrika mamlakatlarida — afrikaliklar va kelgindi xalq vakillari nikohidan boʻlgan avlodlar;

5) 18—19 a. larda Alyaskaga koʻchib kelgan ruslar bilan indeyslar, eskimoslar va aleutlar nikohidan boʻlgan avlodlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x