KREMOVA

KREMOVA — Italiyaning shim. qismidagi shahar, Lombardiyada, Po daryosining chap sohilida. Kremova pro-vinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 80 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalarida). Daryo porti, t. y. tu-guni. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mashinasozlik, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, keramika sanoati korxonalari bor. Qadimdan musiqa asboblari ishlab chiqariladi. 16—18-a. larda Kremovada Amati, Gvarneri, Stradinari kabi mashhur skripka ustalari ishlagan. 12—14-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Qadimda Kremova gallar qishlogʻi boʻlgan. 1167-y. dan Lombardiya ligasi tarkibida, 1499—1509-y. larda Venetsiya xukmronligi ostida, 1525—1702-y. larda Ispaniya, 1859-y. gacha Avstriya mulklari tarkibida boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x