KREMNIY

KREMNIY (1U) -OKSID, kremniy dioksid, (qumtuproq), SiO2 — rangsiz kristall, amorf yoki shishasimon modda. Yer yuzida eng koʻp tarqalgan birikma; kvars, togʻ xrustali, kumtuprok va b. shakllarda uchraydi. Bir necha polimorf shakl oʻzgarishi (modifikatsiya) ga ega. a-kvars, R-kvars, a-tridimit, r-tridimit, a-kristobalit, r-kristobalit, kitit, koesit, stishovit, talasimon SiO2 va shishasimon SiO2. Tabiatda eng koʻtt tarqalgan kvars, u kvars qumi (qumtuproq), agat, ametist va b. minerallar koʻrinishida boʻladi. SiO2 ning kristall shakllari SiO4 tetraedrlaridan tuzilgan, a va r-shakllarda esa tetraedrlar birmuncha surilgan va burilgan holda boʻladi. Suyuqlanish t-rasi 1723°, suvda eruvchanligi 10 3% (massasiga nisbatan) mineral kislotalar (NGʻ dan tashqari) va organik kislotalarda erimaydi. Silikat shisha va shishasimon materiallar, chinni, fayans, sopol buyumlar, olovbardosh va silikat gishtlar, sement va abraziv materiallar i. ch. da qoʻllanadi. Kvars monokristallari radiotexnikada (turli sozlovchi asboblar, filtrlar, rezovatorlar va b.), elektronikada va optik asboblar tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x