KREMENCHUG MAGNIT ANOMALIYASI

KREMENCHUG MAGNIT ANOMALIYASIDnepr daryosining chap sohilidagi yirik temir rudasi rayoni, Ukrainaning Poltana viloyatida. Umumiy maydoni qariyb 100 km2. K. m. a. 1924—28 y. larda topilgan. Qidiruv va razvedka ishlari 1931-y. da boshlangan. Temir rudasi 1970-y. dan oliva boshladi.

Kremenchug magnit anomaliyasining geologik tuzilishida tokembriyning kristalli va metamorfik jinslar (amfibolitlar, kristalli slaneslar, temirli kvarsitlar va b.) katvashgan. Ularning ustini umumiy qalinligi 600—800 m li paleozoy, mezozoy va kaynozoy davriga oid choʻkindi qum-gilli yotqiziklar qoplagan. Kon r-nida ruda maydonlarini tashqil qilgan magnit anomaliyalari mavjud. Kon joylashgan r-n eni 0,2 — 3,5 km, oʻz. 45 km. Bashorat qilingan za-xirasi 15 mlrd. t dan ziyod (Gʻye miqdori 25 dan 58,2% gacha). Anomaliyaning jan. qismida ochiq usulda qazib olish imkoni boʻlgan toʻrtta yirik temirli kvarsit koni mavjud. Yer ostidan qa-zib olish zahirasi ham bashorat qilingan. Temirli kvarsitlar choʻkindi (terrigen-xemogen) formatsiyaga mansub. Boy rudaning hosil boʻlishini baʼzi tadqiqotchilar kvarsitlar poʻstining yemirilishidan deb hisoblasa, boshqalari gipergen-metamorfogen genezis yoʻli bilan deb izohlaydilar. Yiliga 30 mln. t dan ortiq ruda qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x