KREBS

KREBS (Krebs) Xans Adolf (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya — 1981) — ingliz biokimyogari. London Qirollik jamiyati (1947-y. dan) va AQSH Milliy FA (1964-y. dan) aʼzosi. Gyottingen, Freyburg, Myunxen va Berlin untlarida oʻqigan (1919—1925) va ishlagan (1926—33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi prof. (1967-y. dan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida moddalar almashinuvini oʻrganishga oid. 1932-y. daaminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil boʻlishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937-y. da trikarbon kislotalar halqasini (q. Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va trikarbon kislotalar siklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x