KRAYOVA

KRAYOVA — Ruminiyaning jan.gʻarbidagi shahar, Jiu daryosi vodiysida. Dolj judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 313,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, lokomotivsozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, traktorlar i. ch., ogʻir mashinasozlik), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi mavjud. Un-t, ped. va q. x. institutlari, badiiy muzey bor. 15—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x