KRASNOYARSK

KRASNOYARSK — RFdagi shahar, Krasnoyarsk oʻlkasi markazi, Yenisey daryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 875,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlik («Sibtyajmash» i. ch. birlashmasi bor; gʻalla oʻrish kombayni ishlab chiqariladi), kimyo (sintetik kauchuk, shin z-dlari va b.), metallurgiya (alyuminiy, «Sibelektrostal» z-dlari), yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, sellyuloza-qogʻoz kti bor. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 4 un-t), Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 5 teatr (shu jumladan, opera va balet, teatri), oʻlkashunoslik muzeyi, V. I. Surikov uy-muzeyi, badiiy galereya mavjud. Krasnoyarskga 1628-y. is-teqkom sifatida asos solingan. Krasnoyarsk yaqinida Krasnoyarsk GES, «Stolbы» («Tosh ustunlari») qoʻriqxonasi joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x