KRASNOVODSK PLATOSI

KRASNOVODSK PLATOSI — Oʻrta Osiyodagi choʻl plato. Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Krasnovodsk ya. o. da, Turkmanistondagi Qoraboʻgʻozgoʻl va Krasnovodsk qoʻltiqlari orasida. Eng baland joyi 306 m. Asosan, gips aralash ohaktosh va mergeldan tarkib topgan. Yassi qir va keng botiqlar, shuningdek, qoldiq togʻlar (nisbiy bal. 40 m gacha) bor. K. p. janubida Kubadogʻ joylashgan. Gilli va toshloq choʻllar kattagiva hududni egallagan. Shoʻra va shuvoq, shim. qismida qumlikda cherkez, qora saksovul oʻsadi. Shim.-sharqida shoʻrxok botiqlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x