KRASICHKOV Vyacheslav Prokofyevich

KRASICHKOV Vyacheslav Prokofyevich (1898.10.10, Saratov gubernyasi Petrovskiy uyezdi Bobrovka qishlogʻi — 1978.16.6, Doʻshanba) — seleksioner olim, Tojikiston FA akad. (1957), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1952). SoyuzNIXIning Qoʻrgʻontepadagi tajriba st-yasida gʻoʻza seleksiyasi boʻlimi mudiri (1934—56), Tojikiston dehqonchilik i. t. in-ti direktori (1956—57), Tojikiston FA vitse-prezident (1957—61), Tojikiston qishloq xoʻjaligi i. t. in-tida seleksiya boʻlimi mudiri (1961—69). 1969-y. dan Tojikiston dehqonchilik i. t. in-ti Vaxsh filialida (1978-y. dan V. A. Krasichkov nomida) gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari ingichka tolali gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi masalalariga bagʻishlangan. Uning ishtirokida 12 dan ortiq ingichka tolali gʻoʻza navlari (5595-V, 6465-V, 6249-V, 7072-V va b.) yaratildi. U yaratgan navlar Oʻzbekistonda ham ekilgan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1972).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x