KRAKOV

KRAKOV, Krakuv — Polshaning jan. qismidagi shahar, Visla daryosi boʻyidagi port. Krakov voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 740,6 ming kishi (1999). Krakovga 8—10-a. larda asos solingan. 11 — 16-a. larda Polsha davlati poytaxti. Oʻrta asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1809—15 y. larda Varshava gersogligi tarkibida, 1815—46 y. larda Krakov Respublikasi markazi boʻlgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik (jumladan, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika) sanoatlari rivojlangan. Kimyo, sement, mebel, koʻn-teri, tikuvchilik, farmatsevtika, parfyumeriya, poligrafiya, tamaki, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1364) va b. oliy oʻquv yurtlari, konchilik metallurgiya akademiyasi, Milliy va badiiy muzeylar, teatrlar bor. K. — turizmning yirik markazlaridan. Krakovning qad. qismi — Vislaning chap sohilidagi Navel tepaligida. Meʼmoriy yodgorliklaridan Bibi Maryam Kapellasi (10-a.), qirol qasri (13 — 17-a. lar), kostyollar, Polsha FA binosi va b. saqlangan. Krakovda kinofestivallar va xalqaro koʻrgazmalar oʻtkazilib turiladi. Krakovning tarixiy markazi Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x