KOZIMIY Murtazo Mushfiq

KOZIMIY Murtazo Mushfiq (1887 — ?) — Eron yozuvchisi. Zamonaviy fors nasrining asoschilaridan biri. «Erane javan» («Yosh Eron») jur. da bosh muharrir boʻlib ishlagan (1926). Ijodiy faoliyati 20-a. ning 20-y. laridan boshlangan. Kozimiyning birinchi yirikasari «Qoʻrqinchli Texron» (1922) romani hisoblanadi. Romanda Erondagi ijtimoiy hayot, xalq boshiga tushgan qiyinchiliklar, adolatsizliklar, ayollarning ogʻir qismati aks ettirilgan. Romanning 1-qismi «Mahuf» (1921) Tehronda, 2-qismi «Bir kecha xotirasi» (1924) Berlinda nashr etilgan. Kozimiy «Soʻligan gul», «Qimmatga tushgan rashk» va b. romanlar muallifi. Publitsistik asarlari, tarjimalari Eron adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutadi. «Koʻrqinchli Tehron»ning 1-qismi Fafur Gʻulom, 2-qismi Sotiboldi Yoʻldoshev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x