KOSTYANKALAR (Lithobiomorpha) – laboyoqlilar kenja sinfiga mansub koʻpoyoqlilarning bir turkumi. Urgʻochilarida urugʻlanayotgan spermatoforini toʻtib turadigan va tuxum qoʻyish vazifasini bajaradigan jinsiy oyoqlar (gonopodalar) rivojlangan. Tashqi koʻrinishi skolopendralart oʻxshash, lekin 15 juft uzun oyoqlari boʻlishi bilan ulardan farq qiladi. Koʻpchiligi oʻrmon toʻshalmasi yoki dalada tuproq yuzasida toʻplanib qoladigan oʻsimlik qoldiqlari (mas, toʻkilgan barglar, xas-choʻplar), yogʻoch yoki toshlar va b. ostida yashaydi. Tanasi ustki tomondan sargʻish yoki malla rangda, orqadan qorin tomonga yassilashgan. Tanasi ustki tomondan sargʻish yoki malla koʻzlarining har biri 40 ga yaqin oddiy koʻzchalardan iborat. Moʻylovlari uzun. Tez yuguradi. Kundoʻzi pana joyda bekinib olib, kechasi ovga chiqadi. Mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini oyoq-jagʻlaridagi zahar bezlari yordamida oʻldiradi. Zahari odam uchun xavfli emas. Urgochisi tuxumlarni tanasi bilan oʻrab olib, qimirlamasdan yotadi. Tuxumdan 7 juft oyoqli lichinka chiqadi. Oʻsish va rivojlanish davomida lichinka oyoqlarining soni oshib boradi, 800 ga yaqin turi maʼlum. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda oddiy kostyanka (Lithobius forfi catus) uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые